Toshkent shahar Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi M. G‘oipnazarov uyali telefoni uchun 55 ming so‘m to‘ladi. So‘ng 9 ming MB olish uchun *5#ga ikki marta xabar jo‘natadi. Ammo unga ushbu megabayt taqdim etilmadi. Ajablanarlisi, internetini yoqqanida telefoni hisobidagi mablag‘ yechilib ketgan.
Bu haqda «Unitel» (Beeline) MChJga murojaat ushbu tarifga MB berilmaganligi sababi haqida iste’molchiga ma’lumot berilmadi.
M. G‘oipnazarovning mazkur muammo bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch telefoni orqali murojaati O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligiga yo‘naltirildi.
Murojaat o‘rganilganda xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya tomonidan «Telekommunikasiyalar to‘g‘risida» va «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlarning bir qator modyualariga hilof ravishda ish tutilgani ma’lum bo‘ldi.
Ya’ni operator tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagan. Iste’molchidan ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olingan. Shuningdek, iste’molchiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida to‘liq va to‘g‘ri ma’lumot taqdim etilmagan. Mazkur muammo o‘z vaqtida yechimini topdi va to‘lovlar uchun MB, daqiqa va SMS berildi.
«Unitel» (Beeline) MChJ tomonidan bu haqda murojaatchining uyali telefoni raqamiga SMS- xabarda ma’lumot yuborildi.
6,156