Bugungi kunda, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarda va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilayotgan ma’lumotlarda non mahsulotlari sifati va vazni pasayib ketayotganligi, non mahsulotlari bilan savdo qilishda belgilangan qoidalarga to‘liq rioya qilinmayotganligi bayon qilinmoqda.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va aholiga non mahsulotlarini sifatli, standart talablariga javob beradigan ravishda yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi “O‘zstandart” agentligi va boshqa mutasaddi organlarning hududiy organlari vakillari bilan birgalikda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Unga ko‘ra qolipli non ishlab chiqaruvchi, un va non mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar o‘rtasida narxlarni sun’iy ravishda oshirmaslik, mahsulot sifati va savdo qoidalariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan muntazam ravishda tegishli tushuntirish, profilaktika va monitoring tadbirlari olib borilmoqda.
Xorazm viloyatidagi shunday tadbirlardan birida, quyidagilar aniqlandi.
“Matkarimov Do‘smon”, “Yangi Qoramon”, “Qo‘shko‘pir oziq-ovqat mollari” MChJlar va “Sarvarbek Ibrohim” oilaviy korxonasi tomonidan qolipli non og‘irligi davlat standarti talablariga rioya qilingan darajada ishlab chiqarilayotganligi, korxonalarning nomlari, joylashgan (yuridik) manzillari va ish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar iste’molchilarga ko‘rinarli joyga yozib qo‘yilganligi, ammo “Yangi Qoramon” MChJ va “Sarvarbek Ibrohim” oilaviy korxonalarining ish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu holatlar yuzasidan korxonalarning mas’ul xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevral’ 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo” Qoidalari talablari buzilayotganligi tushuntirilib, o‘rganish jarayonida qonunbuzilish holatlari bartaraf qilindi.

Bundan tashqari, “Hamza Muhammad” xususiy korxonasiga qarashli qolipli non mahsulotlari ishlab chiqarish sexida kartoshka kasalligini oldini olish uchun zararsizlantirish choralari ko‘rilmagan, omborxonada saqlanayotgan un mahsulotlari maxsus taglikda saqlanamayotganliklari va bitta ishchi xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan ishlayotganligi ma’lum bo‘ldi.
“Hayrobod Baraka” oilaviy korxonasiga qarashli omborxonada ham ahvol shunday. Uchta ishchi xodimda esa maxsus ish kiyimda emasligi aniqlandi. Mazkur holatlar, , qonunbuzilishlarni sodir etgan tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan o‘z vakolati doirasida tegishli ko‘rsatmalarni berish yuzasidan viloyat sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markaziga yuborildi.
Ushbu holatlar yuzasidan korxonalarning mas’ul xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevral’ 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo” Qoidalari talablari buzilayotganligi tushuntirilib, o‘rganish jarayonida qonunbuzilish holatlari bartaraf qilindi.
Bundan tashqari, “Hamza Muhammad” xususiy korxonasiga qarashli qolipli non mahsulotlari ishlab chiqarish sexida kartoshka kasalligini oldini olish uchun zararsizlantirish choralari ko‘rilmagan, omborxonada saqlanayotgan un mahsulotlari maxsus taglikda saqlanamayotganliklari va bitta ishchi xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan ishlayotganligi ma’lum bo‘ldi.
“Hayrobod Baraka” oilaviy korxonasiga qarashli omborxonada ham ahvol shunday. Uchta ishchi xodimda esa maxsus ish kiyimda emasligi aniqlandi. Mazkur holatlar, qonunbuzilishlarni sodir etgan tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan o‘z vakolati doirasida tegishli ko‘rsatmalarni berish yuzasidan viloyat sanitariya va epidemiologiya nazorati markaziga yuborildi.
5,999