Tajribada kuzatilganidek, murojaatlar ba’zida go‘yoki mavsumiy. Kuzgi -qishki fasllarda gaz, elektr energiyasi, issiqlik manbai muammolari bilan bog‘liq. Bular xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan shartnoma shartlariga amal qilmasligi bois yuzaga kelmoqda.
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi iste’molchi F.Rejapovni arizasi ham issiqlik manbaidan bo‘ldi.
F.Rejapov tabiatan juda ham tartibli,kommunal to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lashga odatlangan. Lekin bunday qarzdorlik holati qaerdan,qanday kelganiga hayron bo‘ldi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligiga tushgan ariza o‘rganib chiqildi.Unda Toshkent shahar «Toshissiqquvvati» DUK tomonidan «Issiqlik energiyasini yetkazib berish va unga haq to‘lash to‘g‘risida»gi 04000100539-raqamli shartnomaga asosan issiqlik energiyasi uchun 54,8 m2 maydonidan kelib chiqqan holda va hisoblagich ko‘rsatkichi 177m3 ma’lumot bo‘yicha haqiqatan ham noto‘g‘ri kiritilganligi sababli asossiz qarzdorlik kelib chiqqan.
Masala oydinlashdi. Mazkur hududga mas’ul xodimning to‘lovlarni noto‘g‘ri rasmiylashtirilishi oqibatida 547 465,71 so‘m asossiz qarzdorlik kelib chiqqan ekan.F.Rejapov xonadoni esa aksincha 2019 yil 22 noyabr’ holatiga oldindan 105 374,62 so‘m to‘lovi borligi bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘ldi.
6,837