Andijon Davlat Tibbiyot instituti talabalari o‘rtasida iste’molchilik madaniyatini takomillashtirish, iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda iste’molchilar xuquqlarini davlat tomonidan himoya qilinishi va ovqatlanish gigienasi va oziq-ovqat mahsulotlarini yaroqlilik muddatlari va sifati to‘g‘risida fikrlar bildirildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida 1996 yil 26 aprelda «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 30 ta moddadan iborat Qonun qabul qilingan. Mazkur qonunda iste’molchilarning asosiy huquqlari, tovarlar sifati, ko‘rsatiladigan xizmatlar,
bajariladigan ishlarning sifatli bo‘lishiga qo‘yiladigan talablar belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu o‘quv seminarida Andijon viloyati hokimligi, viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya markazi, O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi viloyat filiali va tibbiyot instituti mas’ul xodimlari tomonidan yoshlarga huquqiy tushunchalar berib o‘tildi.
Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 sentyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni huquqiy va institusional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5817-sonli Farmoni qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi, viloyatlarda esa Monopoliyaga qarshi kurashish hududiy boshqarmalari huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi tashkil etilganligi haqida talabalarga ma’lumot berildi.
O‘quv seminari davomida savdo-sotiq, maishiy servis xizmati, umumiy ovqatlanish korxonalari, go‘zallik salonlari va boshqa sohalarda ko‘rsatiladigan
xizmatlarda talabalarning iste’molchilik borasidagi savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javoblar berildi.
Shundan so‘ng seminar ishtirokchilariga boshqarmaning qonuniy vakolatlari, joylashgan manzili, telefon raqami hamda elektron pochta manzili tushirilgan
145 dona bukletlar tarqatildi.
Seminar tadbiri yakunida, talaba iste’molchilar o‘rtasida jamoatchilik kengashlari faoliyatini yanada kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
5,993