O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5817-sonli Farmoni bilan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli organ sifatida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etilgani va uning asosiy maqsad hamda vazifalari haqida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. Bobomuratov o‘quv seminarida batafsil tushuncha berib o‘tdi.
O‘tkazilgan tadbirda iste’molchilik va tadbirkorlik madaniyatini yanada yuksaltirish, kuzgi-qishki mavsumda aholiga uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning mas’uliyatini yanada oshirish zarurligi haqida, to‘lov intizomi va sohaga oid qonunchilik bo‘yicha fierlar bildirildi.
Ayniqsa, elektr energiyasi yetkazib beruvchi korxonalar, ulgurji, chakana iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, shartnoma shartlarining bajarilishi, ta’minot yuzasidan ro‘y berayotgan uzilishlar, «O‘zbekenergo» AJ hisobidan aholi xonadonlariga elektron-onlayn hisoblagichlarni bepul o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib borilayotganligi xususida tadbir ishtirokchilariga aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, tabiiy gaz ta’minoti, viloyatning eng chekka hududlariga suyultirilgan gaz va maishiy gaz ballonini o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha Neft’ mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi viloyat bo‘limining ma’lumotnomasi seminar ishtirokchilariga taqdim etildi.
O‘quv seminarda «Surxondaryo XETK» AJ, «Hududgaz Surxondaryo» MChJ, viloyat «Suvoqava» DUKlarga aholi uchun zarur bo‘lgan energiya resurslarini yetkazib berishdagi bir qator muammolarini bartaraf etishlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
6,118