O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Samarkand viloyati hududiy boshqarmasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi tomonidan “Iste’molchilar huquqlarini davlat tomonidan himoya qilish va iste’molchi huquqi asoslari” mavzusida talabalar o‘rtasida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Samarqand Sanoat va kurilish kollejida tashkillashtirilgan mazkur yig‘ilishda viloyat kasb-hunar boshqarmasi, “O‘zstandart” agentligi, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi, shahar “Oila” markazi, shahar IIB inspektorlari va shahardagi Axborot kommunikasiya, Texnologiya va sanoat, Iqtisodiyot, Yengil sanoat, Siyob qurilish milliy hunarmandchilik, Pedagogika, Bank kollejlari o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Saidovning ishlab chikaruvchi (ijrochi, sotuvchi), savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar,tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilgan taqdirda
iste’molchilarning huquqlari, iste’molchining tovar (ish, xizmat) xavfsiz bo‘lishiga talab qo‘yish huquqi haqidagi ma’ruzasi tinglandi. O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra yuqoridagi huquqlari bilan bir qatorda iste’molchiga nuqsonli tovar sotilganda, nuqsonli tovarni almashtirib berish tartibi va moliyaviy xizmatlar sohasidagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va shu kabi boshqa masalalar xususida tushunchalar berildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 11 sentyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institusional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5817-sonli Farmoni qabul qilingani va ushbu farmon bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi tashkil etilgani haqida, uning asosiy vazifalari haqida ma’lumot berib o‘tildi.
7,137