Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan o‘quv seminarida iste’molchilarga kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda “Navoiy HETK” AJ, “Hududgaz Navoiy” MChJ, viloyat “Suvoqava” DUK, “Toza hudud” DUK mas’ul xodimlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar va sohani tartibga soluvchi yangi qabul qilingan me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
“O‘zneftgazinspeksiya”, “O‘zenergoinspeksiya” va “O‘zstandart” agentligi viloyat bo‘limi mutaxassislari, elektr, gaz, suv, maishiy chiqindi, issiqlik ta’minoti korxonalari rahbar xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan mazkur tadbirda asosiy e’tibor iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatning sifati, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti borasida yuzaga kelayotgan muammolarga qaratildi.
Navoiy viloyati Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i M.Elmurodov yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 sentyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institusional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5817-sonli Farmoni va unda belgilangan vazifalar haqida tanishtirib o‘tdi. Shuningdek, 2019 yil davomida iste’molchilardan kommunal sohalarda kelib tushgan arizalar tahlili, murojaatlarda ko‘rsatilgan asosiy muammolar va ularning yechimi haqida gapirib o‘tildi.Tadbir davomida iste’molchilardan tushgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan to‘liq javob qaytarildi.
5,845