Darhaqiqat, sotuvchining gapi to‘g‘ri deb o‘ylarsiz, ammo.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qarori Chakana savdo qoidalarida 12 ta zarur sifatdagi qaytarib olinmaydigan va shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari ro‘yxatida mebel’ ham bor. Lekin buning bitta qat’iy qoidasi bor — tovar sifatsiz bo‘lsa xaridor uni almashtirishga haqli.
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi Al’bina Bakieva 4 million 200 ming so‘mga «Zarina» do‘konidan uyiga mebel’ jihoziga buyurtma berdi. Belgilangan muddat bo‘yicha keltirilgan yumshoq mebel’ umuman katalogda tanlanganidek emas, aksincha beo‘xshov, sifatsiz, o‘lchamlari ham noto‘g‘ri olingani sabab xonadon mehmonxonasiga to‘g‘ri kelmadi.
Buni buyurtmachilarning o‘zlari ham ko‘rgach, kamchiliklarini qaytadan tuzatib berishlarini aytib uni olib ketishdi. Qayta ta’mirlangan divan va kreslolar esa oldingisidan qolishmaydigan darajaga yetgandi.
Iste’molchining kayfiyati buzilib unga sarflagan puliga, o‘tkazgan vaqtiga achinib qoldi. Ustiga- ustak mebelni sifatlisiga almashtirib berish haqidagi iltimosini xizmat ko‘rsatuvchilar eshitishni xohlashmagani unga ortiqchalik qildi. Do‘konga qatnayverib, qayta-qayta telefon qilaverib charchadi.
Shundan so‘ng A. Bakieva huquq va manfaatlari himoyasini so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoniga tushgan murojaat Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga yo‘naltirildi. Murojaat Agentlik mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi va iste’molchining haqligi ma’lum bo‘ldi. A.Bakievaning xohishiga ko‘ra nuqsonli mebelga to‘langan pul egasiga, mebel’ esa «KovalCalina trade» xususiy korxonasiga qaytarilishiga erishildi.
6,016