Albatta, ba’zi ishlab chiqaruvchilar tomonidan makaronlar tayyorlanayotganda texnika shartlari buzilsa, ya’ni bo‘yoqlar me’yordan ortib ketsa yoki tabiiy bo‘lmasa quritish tartiblartga amal qilinmasa mahsulot sifatsiz holga yeelishi aniq. Uni pishirish jarayonida asl rangini o‘zgartiradi, taom tayyor bo‘lgunga qadar yaroqsiz ahvolga kelib qoladi.
MAKARON TANLASh YO‘L-YO‘RIG‘I:
rangi qaymoq rang, tilla rangda sariqqa yaqin bo‘ladi;
ushlab ko‘rilganda shaldirab turadi;
sindirib ko‘rilganda tez sinadi;
qadog‘idagi ma’lumotlarda uning navi, vazni, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati va foydalanish tartib-qoidalari bo‘lishi kerak.
VAZNLAB SOTILADIGAN MAKARONLAR
Bu mahsulotlar qog‘oz quti va qoplarda, ozoda va quruq joylarda saqlansa, sifatiga putur yetmaydi. Ular alohida kurakchadan foydalanilgan holda tarozida tortiladi.
Do‘kon va bozorlarda o‘zlari tomonidan qadoqlab sotilayotgan makaron mahsulotlari o‘ramiga etiketka yopishtiriladi, unda makaronning nomi, tayyorlovchi korxonaning yoki tayyorlovchi mamlakatning nomi, bir birligining bahosi, tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati, qadoqlangan sanasi, qadoqlovchining tartib raqami yoki familiyasi ko‘rsatilishi shart. Ularni sotishda qo‘shimcha ravishda tarozida tortilmaydi.
6,339