O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv bitimi imzolandi.
Unga ko‘ra, ikki tomonning o‘z Nizomlarida belgilangan maqsad va vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish borasida hamkorlik olib borish, respublikada iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olinadi.
Mazkur kelishuv bitimida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining hamkorlikdagi asosiy yo‘nalishlar va yigirmadan ortiq amalga oshirilishi mo‘ljallangan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar olib boriladi.
8,088