Andijonlik iste’molchi D.Yunusova «Kapital bank»dan iste’mol krediti asosida “Artel”dan 6 kilogrammlik yarim avtomat kir yuvish mashinasi sotib oldi. Ammo qisqa fursatda uning nosozligi ma’lum bo‘ldi.Mahsulotga uch yillik kafolati va bu davrda bepul servis xizmati berilgandi.D.Yunusova kir yuvish mashinasini sozlatish uchun murojaat qilganida unga ehtiyot qism uchun 260 ming so‘m, ko‘rsatiladigan xizmat uchun 20 ming to‘lov qilishi kerakligini aytishadi. Shunday ham yaxshi niyatlar bilan sotib olgan yangi kir yuvish mashinasidan foydalana olmagan, ustiga-ustak unga besh oy davomida kredit to‘layotgan iste’molchiga bunday talablar ortiqchalik qildi. Huquqlari buzilganidan xafa bo‘ldi. Bu haqda do‘konga va servis xizmatiga qilgan bir qancha murojaatlari besamar ketdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch telefoni orqali kelib tushib Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga yo‘naltirilgan mazkur ariza» Ulug‘ bahor» MChJ rahbari bilan atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasida murojaatdagi holatlar bartaraf etilib, iste’molchining talabi qondirildi.
5,726