O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi tomonidan bu borada so‘rov o‘tkazildi.
2019 yilning dekabr’ oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va 12 ta viloyatda iste’molchining o‘z huquqlarini bilish darajasi va shahar yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari ko‘rsatish sohasida o‘tkazilgan mazkur so‘rovda 1661 nafar respondent ishtirok etdi.

So‘rov ikki qismdan iborat bo‘lib, 1-qismga Iste’molchining o‘z huquqlarini bilish darajasi to‘g‘risidagi savollar kiritilgan.
So‘rov ishtirokchilarining yarmidan ortiq qismi iste’molchilik huquqlari buzilganini tasdiqlashgan, huquqlarni qayta tiklash, davlat organlariga murojaat qilish, advokat xizmatidan foydalanish to‘g‘risidagi savollarga ishtirokchilarning aksariyat qismi yo‘q degan javobni keltirgan.
Jami qatnashchilarning 67,6 foizi iste’molchilik huquqi buzilgan holda kaerga murojaat etishni bilsa-da, biroq ishtirokchilarning katta qismi vakolatli organlar hamda advokat maslahatidan foydalanishni lozim deb topmasliklarini e’tirof etgan.
Iste’molchilarning o‘z huquqlarini sud-huquq tizimi orqali himoya qilish holatlarining kamligini aholining ushbu jarayonni ortiqcha xarajatli va murakkab deb bilishlari bilan izohlash mumkin, holbuki, so‘rov o‘tkazilganlarning 84,2 foizi sudga ariza bilan murojaat qilmaganligini ta’kidlagan.
So‘rov anketasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi vakolatli organlar faoliyatini ishtirokchilarga 5 ballik tizimda baholash taklif etildi.

Iste’molchilik huquqlari himoyalanganligi va vakolatli organlar faoliyatidan umumiy qoniqqanlik darajasi viloyatlar bo‘yicha tahlil qilinganda, Surxondaryo va Namangan viloyatlari eng yuqori ko‘rsatkich, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Andijon viloyatlari va Toshkent shahrida esa o‘rtacha respublika ko‘rsatkichidan (40,3 punkt) past natija qayd etilgan, Samarqand viloyati quyi o‘rindan joy olgan.

2. Shahar yo‘lovchi transport xizmatlaridan foydalanishida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, xavfsizligini hamda ularda iste’molchi huquqlarini buzilishini baholash maqsadida so‘rovnomaning ikkinchi qismida yo‘lovchi tashish transporti tizimidagi bugungi kundagi dolzarb savollar kiritildi.
ҳа | йўқ | |
Шаҳар йўловчи ташиш транспортидан доимий равишда фойдаланасизми? | 77,0 | 22,6 |
Йўналишда қатнаётган автобус ва микроавтобуслар сони ва уларнинг хизмат сифати сизни қониқтирадими ? | 46,2 | 53,5 |
Шаҳар йўловчи транспортининг янги йўналишларини очиш зарурми? | 74,3 | 25,3 |
Сизга йўлкира тўлови учун чипта берилмаган ҳолатлар учраганми ? | 63,8 | 35,8 |
Автобус ва микроавтобусларда совитиш ва иситиш тизими ишлайдими? | 39,2 | 60,1 |
Реклама воситаларини жамоат транспорти ташқарисида ва ичкарисида жойлаштирилишига ижобий қарайсизми? | 63,4 | 36,2 |
Бекатларда автобус қатнов графиги (рақами ва қачон келиши) тўғрисида маълумот табличкаси жойлаштирилганми? | 38,6 | 61,0 |
Жамоат транспортлари салонларида ҳаракат йўналиши ва йўлкира нархи тўғрисидаги маълумотлар мавжудми? | 58,5 | 41,1 |
Ҳаракатланишнинг белгиланган графигига риоя этмаслик ҳолатлари тез-тез учраб турадими? | 53,5 | 46,1 |
Асосий ва оралиқ бекатларда узоқ туриб қолиши кузатиладими? | 60,3 | 39,4 |
Соат 19-00 дан кейин жамоат транспорт қатнови тўхтайдими? | 65,8 | 33,9 |
Жамоат транспортлари ўз ҳаракат маршрутларига амал қилишадими? | 63,6 | 35,8 |
Жамоат транспортларида белгиланган йўлкира нархларига амал қилишадими? | 62,3 | 37,4 |
Ойлик йўл чипталаридан фойдаланганизда истеъмолчилик ҳуқуқларингиз бузилиш ва сизни камситиш ҳолатлари кузатилганми? | 29,7 | 69,1 |
Кейинги бекат номи олдинрок эълон қилинадими? | 41,7 | 57,9 |
Автобус йўлда бузилиб қолганда йўлкира ҳақи қайтарилганми? | 55,8 | 43,6 |
Бепул фойдаланувчилардан йўлкира ҳақини тўлаш талаб қилинганми? | 35,8 | 63,5 |
Shahar yo‘lovchi transport xizmatlari ishtirokchilarga 5 ballik tizimda baholash taklif etildi.

Iste’molchilarning yo‘lovchi tashish transport xizmatlari bilan qoniqqanlik indeksi bo‘yicha viloyatlar reytingi

Iste’molchining huquqiy bilimini yanada oshirish bugungi kundagi asosiy masalalardan biri
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalarida aholi o‘z iste’molchilik huquqlari bo‘yicha bilimi va huquqlarini himoya qilinishi bilan qoniqqanlik darajasi yetarli darajada emasligini ko‘rsatdi. Bu borada iste’molchilarning savodxonligini yanada oshirishda vakolatli davlat organlarining ham roli katta.Agentlik tomonidan vakolatli davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, qo‘shma chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha muayyan ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
So‘rov tahlillari bugungi kunda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida quyidagilar asosiy muammolar ekanligini ko‘rsatadi:
- aholining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida huquqiy savodxonligining pastligi, bu o‘z navbatida sotuvchilarga iste’molchini noto‘g‘ri (yolg‘on) ma’lumot berish orqali oson chalg‘itish imkonini berishi mumkin;
- iste’molchi va tadbirkor o‘rtasida nizolarni sudgacha hal etish mexanizmining mavjud emasligi;
- iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratining yetarli emasligi;
mahalliy davlat hokimiyati hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga vakolatli organlarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi vazifalarini aniq taqsimlanmaganligi; - iste’mol tovarlari sifatining pastligi;
mahsulot to‘g‘risida ma’lumotlarning noaniqligi va butunlay mavjud emasligi yoki ma’lumotni iste’molchiga qulay bo‘lmagan - ko‘rinishda yetkazilishi;
- iste’molchilar huquqlarini buzilishini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha yagona samarali kompleks tizimning mavjud emasligi;
- iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida sud-huquq tizimining yetarli darajada rivojlanmaganligi;
- ma’naviy ziyon summasini asoslashning murakkabligi;
- iste’molchilar huquqlarini buzilishini tezkor aniqlaydigan yagona tizim yaratish, ushbu tizim iste’molchining sotuvchiga jarima qo‘llash to‘g‘risidagi shikoyatini tezkor yetkazish imkonini beradi;
- iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning chet-el tajribasini, xususan Germaniya davlatining Infotekalar (iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha konsul’tativ xizmatlar) bo‘yicha amaliyotini qo‘llash;
sud organlari tomonidan ma’naviy ziyon summasini asoslash tushuntirish qo‘llanmalarini ishlab chiqish (avvalgi ko‘rib chiqilgan ishlardan kelib chiqqan holda). Ushbu muammolarni bartaraf etish va taklif etilgan choralarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yurtimizda iste’molchilar huquqlarini himoyalanganligi yo‘nalishidagi holatni yaxshilanishiga zamin yaratadi.
Iste’molchiga transport sohasida sifatli xizmat ko‘rsatilishi shart
Yo‘lovchi tashish transport sohasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rish maqsadida, ushbu sohada iste’molchi oldida turgan har bir masalani bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish va amalga oshirish, jamoatchilik nazorati orqali muammolarni va ularni bartaraf etilganligini doimiy ravishda o‘rganib borish maqsadga muvofiq. So‘rovnomaning yo‘lovchi tashish transportiga taalluqli qismi tahlili bo‘yicha quyidagilar ushbu sohadagi asosiy kamchilik va muammolar bo‘lib hisoblanadi:
1) Aksariyat yo‘lovchilarning fikriga ko‘ra, bugungi kunga kelib yo‘lovchi tashish transporti sohasidagi asosiy muammo bu tashish transportlarining haddan tashqari eskirib,foydalanishga yaroqsiz holga kelgani hamda avtobuslar parkining yangilanish darajasi va ularga xizmat ko‘rsatish sifatining pastligi bilan bog‘liq.
2) Deyarli barcha bekatlarda, ayniqsa markaziy bo‘lmagan joylardagi avtobus kutish joylarida, harakatlanish chizmasi, yurish jadvali va boshqa zaruriy ma’lumotlar mavjud emas va umuman bekatlar maydonining kichikligi, o‘tirg‘ichlar sonining yetishmasligi kuzatilmoqda.
3) Haydovchilarning vaqt intervaliga e’tibor qilmasligi, ayrim bekatlarga juda ham tez kelishi, boshqalariga kechikishi, ularning yo‘lovchilarga nisbatan qo‘rs muomalada bo‘lishi tegishli mutasaddi tashkilotlarga bu yo‘nalishda nazoratni kuchaytirishi lozimligini anglatadi.
4) Avtobuslar harakati joyini aniqlovchi ilovalarning faqat Toshkent shahrida mavjudligi, uning ham ishlashiga juda ko‘p e’tirozlarning bo‘layotgani bu borada ham yetarli ishlarni amalga oshirilmayotganidan dalolat bermoqda.
5) Shahar markazlarida qatnovchi avtobuslar, ularga talab va e’tibor yuqoriligi tufayli vaqt intervaliga amal qilishlari, shahar markazidan uzoq joylarda harakatlanuvchi avtobuslar va marshrutli taksilar mavjud-tartib qoidalarga amal qilmay, o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘yayotganligi bu borada ham nazorat yetarli emasligini namoyon etmoqda.
Iste’molchilar huquqlarining himoyalanganligi darajasi va aholiga shahar yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari ko‘rsatish sohasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari hamda tegishli takliflar ma’lumot va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Transport vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuborildi.
5,963