O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligiga Buxoro viloyati “Qavola” MFY yig‘inida istiqomat qiluvchi A.T. ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining veb-sayti orqali qilgan 2019 yil 19-dekabr № 108161-s/19 sonli murojaati ko‘rib chiqildi.
Mazkur murojaatda iste’molchi “COSCOM” MChJ TM “UCELL” aloqa kompaniyasining xizmatlari sifatsizligi yangi tarifga ya’ni “Special” tarifiga ulangandan keyin tarif bo‘yicha internet xizmati ishlamaganligi uchun noroziligini ma’lum qilgan.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi ushbu masala bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ish olib borib, murojaatdagi muammolar bartaraf etilib, iste’molchiga ko‘mak berildi.
8,505