Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Mazkur hujjat loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 sentyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institusional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5817-son Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida muhim ahamiyat kasb etuvchi ushbu qonun loyihasiga quyidagi havola orqali o‘z fikr va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.
8,759