«Buxoro neft’ va gaz sanoati» kasb-hunar kolleji majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmami tomonidan aholini tabiiy gaz va suyultirilgan gaz bilan ta’minlashda mavjud muammo va kamchiliklar, iste’molilarning asosiy muammolari, sohani tartibga soluvchi qoidalar, talablar mavzusiga qaratilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Unda sohaga doir mas’ul tashkilotlar va aholi ishtirok etishdi.
Tadbirda aholini tabiiy gaz va suyultirilgan gaz bilan ta’minlashdagi ba’zi muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda aniq-chora tadbirlar belgilab olish, sohani tartibga soluvchi qonun va me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O.Fayzullaev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5817-sonli Farmoni va unda belilangan vazifalar haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, boshqarmaning Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, qurilish va transport sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i A. Yarov sohada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilarga ma’lumot berdi.
Sminar so‘ngida ishtirokchilar muhokama etilayotgan mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga MIB, «O‘zneftgazinspeksiya» hududiy bo‘linmasi, «Hududgazta’minot Buxoro» MChJ, «O‘zstandart» agentligi hududiy bo‘linmasi mutaxassislaridan to‘liq javob oldilar.
8,562