Hurmatli iste’molchilar!
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan savdo xizmati sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish darajasining holati yuzasidan fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy so‘rov tashkil etildi. Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi ushbu so‘rovni hududlarda o‘tkazishda yaqindan ko‘mak bermoqda.
Mazkur so‘rovdan ko‘zlangan asosiy maqsad ichki iste’mol bozorida sifatsiz, inson hayoti va sog‘ligiga xavf tug‘diruvchi oziq-ovqat mahsulotlari sotilishining oldini olishdan iborat. Shu so‘rov orqali do‘konlarda va bozorlardagi savdo ob’ektlarida sizga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va oziq-ovqatlarning sifati bo‘yicha o‘z fikrlaringizni to‘liq va xolis berib, unda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
So‘rov natijalari bo‘yicha iste’molchilar huquqlarini himoya qilish darajasi baholanadi. O‘tkazilayotgan so‘rovlar natijalariga ko‘ra, iste’molchilar huquqlarining himoyalanganlik darajasi holati baholanadi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining amaliy ijrosi bo‘yicha savdo sohasidagi mavjud holat va muammolar aniqlanadi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi.
6,195