O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 dekabrdagi “Konstitusiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4551-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur qarorga muvofiq 2020 yildan boshlab hududlarda faoliyat yurituvchi bozorlar va savdo komplekslariga “Iste’molchi burchagi”ni tashkil qilinishi va bunda sifatsiz (shu jumladan sertifikati bo‘lmagan, muddati o‘tgan, saqlash sharoitiga amal qilinmagan) tovarlar bo‘yicha mutasaddi organlarning ishonch telefonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirilishi bo‘yicha Agentlik tomonidan respublikamizdagi 683 ta sub’ektlardan 600 tasiga talabnoma xatlari yuborildi.Bugungi kungacha iste’molchilar tovarni sotib olish yoki xizmatdan foydalanishi va zarur hujjatlardan voqif bo‘lishi uchun 289 ta bozor va savdo komplekslarining aholiga qulay joyida “Iste’molchi burchagi” joylashtirildi.
8,538